Oʻzbekistonlik futbolchi Yevropaga transfer qilindi

18:26 16 Yanvar 2019 Sport
792 0

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi “Lokomotiv” klubi hujumkor yarimhimoyachisi Sardor Rashidov keyingi faoliyatini Yevropada, Portugaliyaning “Nasonal” klubi safida davom ettiradi.

Hozircha uning transferi boʻyicha boshqa maʼlumotlar mavjud emas.

Oʻtgan yilning yanvarida “Lokomotiv” safini toʻldirgan Sardor jamoa tarkibida 31 oʻyinda qatnashdi va 11 gol kiritishga muvaffaq boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?