Oʻzbekistonlik erkak Sankt-Peterburgda 10-qavatdan qulab tushib, omon qoldi

15:29 18 Fevral 2019 Jamiyat
420 0

Rossiyaning Leningrad viloyati Sankt-Peterburgda Murinodagi turar joy hududida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan mehnat muhojiri 10-qavatdan qulab tushdi. Bu haqda “Fontanka” internet nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, montajchi boʻlib ishlagan yosh yigitni boshi, koʻkrak qafasi, qorin va tos jarohatlari bilan shifoxonaga olib borishgan. Unda umurtqa sinishi va bosh suyak-miya jarohati qayd etilgan, shifokorlar uning hayotini saqlab qolishgan.

Sankt-Peterburg huquq-tartibot organlari bu mehnat muhojiri Oʻzbekistondan kelgani, 23 yoshda ekani va Rossiya hududida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtmaganini aniqlashgan.

Hodisaga texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmagani sabab boʻlgani taxmin qilinmoqda. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?