Oʻzbekistonlik deputatlar “TALKO kabel” zavodi va Nurek GESi faoliyati bilan tanishadilar

01:50 16 Noyabr 2018 Siyosat
494 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Cpikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi mamlakatimiz parlamenti delegatsiyasi ikki qoʻshni davlat mustaqillik yillari tarixida ilk bor Tojikistonga tashrif buyuradi.

Mazkur tashrif 19 — 22 noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda “AP” Tojikiston parlamentining xalqaro ishlar, jamoat birlashmalari va axborot boʻyicha qoʻmitasi raisi Olim Salimzoda maʼlumotiga asoslanib xabar berdi.

Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Tojikistonga safari chogʻida Prezident Emomali Rahmon, ushbu davlat qonun chiqaruvchi organining har ikki palatasi spikerlari Mahmadsaid Ubaydulloyev va Shukurjon Zuhurov bilan uchrashadi.

Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti quyi palatasi Spikeri hamda unga hamrohlik qiluvchi shaxslar “TALKO kabel” zavodining faoliyati bilan tanishadilar va Nurek GESiga borishadi. Mehmonlar,shuningdek, Tojikiston Milliy kutubxonasi va Dushanbedagi “Kohi Navroʻz”ga ham tashrif buyuradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?