Oʻzbekistonlik bokschi WBAning nufuzli kamarini qoʻlga kiritdi

15:46 15 Sentyabr 2018 Sport
607 0
Foto: WBA Asia kamari

Janubiy Koreyaning Suvon shahrida navbatdagi professional boks oqshomi oʻtkazildi. Unda oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi Husniddin Poʻlatov yarim oʻrta vazn toifasida indoneziyalik Soxlan Koralga qarshi ringga koʻtarildi.

12 raundga moʻljallangan bahsning 6-raundida oʻzbekistonlik sportchi raqibini nokautga uchratib, WBA Asia kamarini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar xabar tarqatdi.

Bu Husniddin Poʻlatov professional boksdagi oʻn toʻrtinchi jangi hisoblanadi. Bokschimiz bungacha oʻtkazgan janglarining 10 tasida gʻalaba qozongan (5ta nokaut) va 3 marta magʻlubiyatga uchragan (3ta nokaut).

Indoneziyalik bokschi esa shu vaqtga qadar 24ta jang oʻtkazib, 17ta gʻalabaga erishgan va 7 marta magʻlubiyatga uchragandi edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?