Oʻzbekistonlik bokschi WBA oltin kamariga asosiy daʼvogar

14:46 04 Dekabr 2018 Sport
396 0

Foto: afisha.uz

Professional bokschilarning yangi reytingi eʼlon qilindi. Unga koʻra, ikkinchi yengil vazn toifasi (55,3 kg) da oʻz janglarini oʻtkazayotgan Murodjon Ahmadaliyev noyabr oyida oʻtkazgan jangidan soʻng reytingning birinchi pogʻonasiga chiqib oldi.

Eslatib oʻtamiz, u 24 noyabr kuni amerikalik Isaak Zaratega qarshi jang oʻtkazib, nokaut evaziga gʻalaba qozongan. U oʻsha jangida oʻzining WBA Intercontinental kamarini ham himoya qilgandi.

Ayni paytda WBA yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni amerikalik Daniel Roman hisoblanadi. Murodjon Ahmadaliyev birinchi oʻringa chiqib olish orqali oltin kamar uchun asosiy daʼvogarlardan biriga ham aylanib oldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?