Oʻzbekistonlik besh nafar bokschi jahon chempionatining yarim finaliga yoʻllanma oldi

12:48 19 Sentyabr 2019 Sport
582 0

Xabaringiz bor ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Kecha boʻlib oʻtgan chorak final janglaridan soʻng oʻzbekistonlik 5 nafar bokschi yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Bu degani ularning barchasi jahon chempionatining kamida bronza medalini naqd qilishdi degani.

-52 kg vaznda Shahobiddin Zoirov bolgariyalik Daniel Asenovni 5:0 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, -57 kg vaznda Mirazizbek Mirzahalilov qozogʻistonlik Qayrat Yeraliyevdan 4:1 hisobida ustun keldi. -69 kg vaznda Bobo Usmon Baturov esa iordaniyalik Ziyod Yashashni 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. -81 kgda ringga koʻtarilayotgan Dilshod Roʻzmetov esa ozarboyjonlik Loren Alfonso Domingesyb 3:2 hisobida yengishga muvaffaq boʻldi. Chorak final oqshomiga yakun yasab bergan jangda esa super ogʻir vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov amerikalik raqibi Richard Torresni birinchi raunddayoq chuqur nokaut holatiga tushirishga muvaffaq boʻldi.

20-sentyabr kuni jahon chempionatining yarim final janglari boʻlib oʻtadi. Unda oʻzbekistonlik bokschilar quyidagi juftliklarda final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtarilishadi:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Binnama Bilol (Fransiya)

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Tsendbaatar Erdenebat (Moʻgʻulistoni)

-69 kg: Bobo Usmon Baturov - Pet MakKormak (Angliya)

-81 kg: Dilshod Roʻzmetov - Benjamin Uittaker (Angliya)

+91 kg: Bahodir Jalolov - Maksim Babanin (Rossiya).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?