Oʻzbekistonlik 44 yoshli sportchi yirik xalqaro musobaqada gʻalaba qozondi

14:55 16 Sentyabr 2019 Sport
83 0

Fransiyaning Parij shahrida sport gimnastikasi boʻyicha navbatdagi yirik xalqaro musobaqa oʻz yakuniga yetdi.

Kelasi oy Shtutgartda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatidan avval oʻziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib bergan mazkur musobaqada 44 yoshli Oksana Chusovitina oʻzining ajoyib ishtiroki bilan barchani lol qoldirdi.

Oʻzining sevimli tayanib sakrash yoʻnalishida qatnashgan Oksana finalda 14.300 ball bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kumush va bronza medallari Vengriya hamda Chili terma jamoasi vakilalariga nasib etdi. Chusovitina bilan yelkama-yelka xalqaro musobaqalar havosini olib kelayotgan yosh vakilimiz Indira Oʻlmasova mazkur musobaqada sakkizinchi natijani qayd etdi.

Sport gimnastikasi. Parij.

Tayanib sakrash

1. Oksana Chusovitina (Oʻzbekiston) – 14.300

2. Sara Peter (Vengriya) – 13.900

3. Francheska Santi (Chili) – 13.750 . . .

8. Indira Oʻlmasova (Oʻzbekiston) – 12.325


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?