Oʻzbekistoning JCH-2022 saralashi doirasidagi qoldirilgan oʻyinlari qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi

22:17 05 Iyun 2020 Sport
248 0

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 saralashidan oʻrin olgan, Sovid-19 sababli qoldirilgan oʻyinlari qaysi muddatda boʻlib oʻtishi maʼlum boʻldi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Unga koʻra, shu yil 31-mart kuni oʻtishi kerak boʻlgan va koronavirus sabab qoldirilgan Yamanga qarshi safardagi oʻyin 13-oktyabr kuni oʻtkaziladi. Oʻyinning qaysi stadionda oʻtishi Yaman futbol federatsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Singapurga qarshi 4-iyun kuniga belgilangan oʻyin esa 12-noyabrga koʻchirilgan. Mazkur oʻyin Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.

9-iyun kuni oʻtkazilishi kerak boʻlgan Saudiya Arabistoniga qarshi mehmondagi oʻyin esa 17-noyabr kuni safarda oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha navbatdagi jahon chempionati 2022-yil 21-noyabr - 18-dekabr kunlari oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?