O‘zbekistonga sayohat qilish vaqti keldi

10:14 31 Iyul 2018 Welcome to uzbekistan
972 0
Foto: livejournal.com

O‘zbekistonga kelish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun elektron viza berish tizimi joriy qilingani zo‘r ishtiyoq bilan kutib olinmoqda.

Xususan, yaqinda Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Independent” nashrida ushbu mavzuga doir maqola chop etildi. Unda ta’kidlanishicha, mazkur qadam xorijiy davlatlardan kelayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda yurtimiz boy tarixidan bahramand bo‘lishlari uchun ularga ko‘proq qulayliklar yaratish bo‘yicha O‘zbekistonning sa’y-harakatlaridan biri hisoblanadi.

“O‘rnatilgan yangi tartibga ko‘ra, dunyoning 51 mamlakati, shu jumladan, Buyuk Britaniya fuqarolari uchun elektron vizani rasmiylashtirish imkoni paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, O‘zbekiston orqali uchinchi davlatga sayohat qiluvchi 101 mamlakat vakillariga vizasiz tranzit tizimi joriy qilingan, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa vizasiz kirish imkoniyati yaratilgan”, deyiladi maqolada.

Nashrda, shuningdek, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan paytdan e’tiboran mamlakatga kirish talablari faqat endi yengillashtirilgani ta’kidlangan.

“Dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan davlat sifatida O‘zbekiston YUNЕSKO Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan Buyuk Ipak yo‘lining uchta juda muhim shahri: Samarqand, Buxoro va Xiva bilan faxrlansa arziydi. Respublikaning barcha hududida noyob ko‘hna masjidlar, “Tojmahal” bunyodkorlarini ilhomlantirgan maqbaralar hamda zamonaviy inshootlar joylashgan”, deya yoziladi “The Independent” nashrida.

“Dunyo” AA.
London


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?