O‘zbekistonga o‘ta issiq ob-havo kelmoqda

18:05 04 Iyul 2018 Jamiyat
1365 0

O‘zbekistonga Eron va Turkmaniston tomonidan o‘ta issiq ob-havo oqimi yaqinlashmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet.

“7-10 iyul kunlari Respublika hududida g‘ayritabiiy issiq ob-havo kelishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha havo haroratidan 5 - 7 daraja issiq bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo 44-45 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Garmsel shamoli bo‘lishi mumkin.

Issiq harorat tufayli Tojikiston va Qirg‘iziston respublikasiga yaqin bo‘lgan tog‘li hududlarda sel oqimi kelish ehtimoli bor.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?