O‘zbekistonga xonanda Timati asos solgan burgerlar tarmog‘i kirib kelmoqda

15:12 27 Iyul 2018 Jamiyat
274 0
Foto: Instagram /abdurashid_iminov

Rossiyaning Black Star Burger burgerlar tarmog‘i shu yil kuzda Toshkentda o‘z franshizesini ochadi. Shu bo‘yicha shartnoma O‘zbekistonning GŌSHT Group kompaniyasi bilan tuzildi. Bu haqda kompaniya o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilgan.

“Toshkentdagi Black Star Burger Moskvadagisidan farq qilmayd, - deydi GŌSHT Group asoschisi Abdurashid Iminov. – Hammasi bir xil bo‘ladi. Retseptlar, mahsulotlar va albatta menyu – yagona standartda”.

Poytaxtimizda Black Star Burger tarmog‘ining tantanali ochilish marosimida uning asoschilaridan biri Timati ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Black Star Burger biznesmen Yuriy Levitas va qo‘shiqchi Timatining qo‘shma loyihasi bo‘lib, uning birinchi nuqtasi 2016 yilda Moskvada ochilgan edi. O‘shanda u yerga kirish uchun ulkan navbatlar hosil bo‘lgandi.

2017 yilda uning umumiy foydasi 1 mlrd. rublni tashkil etgan. Ayni paytda mazkur brend Rossiyaning beshta shahrida faoliyat yuritadi. Toshkentdagi ovqatlanish maskani esa uning xorijdagi ilk tarmog‘iga aylanadi.

Foto: today.ru

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?