Oʻzbekistonga kelgan AQSHlik professor aeroportning oʻzidayoq VISA kartalaridan toʻlovlarni amalga oshirish muammo ekanligini aytdi

18:07 27 May 2019 Jamiyat
807 0

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va rivojlanish masalalariga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda. Unda xorij mamlakatlaridan tashrif buyurgan ekspertlar ham sohaga doir fikrlarini bildirib oʻtdi. Xususan, AQSHning Janubiy Karolina universiteti professori Mark Rozenbaum Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga xalaqit berayotgan omillar haqida soʻz yuritar ekan, sayyohlarga servis xizmatlari koʻrsatishda oʻzi guvoh boʻlgan yoqimsiz holatlar haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

Uning fikricha, Oʻzbekistonda turizm sohasida xizmat koʻrsatish talab darajasida emas.

— Aeroportning oʻzidayoq VISA kartalaridan toʻlovlarni amalga oshirish muammo ekanligi, Wi-fi hududlarning juda kamligi, Internet tezligi pastligi AQSH fuqarolarini Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilishga ragʻbatlantirmaydi. Bu mening shaxsiy kuzatuvlarim, yana ayrim mayda detallar borki, ularga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq deb hisoblayman, - deya qoʻshimcha qiladi u.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?