Oʻzbekistonga 7 oy ichida necha tonna atir import qilingani maʼlum boʻldi

11:47 27 Avgust 2020 Jamiyat
436 0

Fransiyadan mamlakatimizga joriy yilning 7 oyida 30 ming gramm atir import qilingan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 1-avgust holatiga qiymati 377 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 52,5 tonna atir mahsuloti import qilindi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,8 tonnaga kam.

Bu yil Oʻzbekiston 12 ta davlatdan atir import qildi. Import qilingan atirning eng katta ulushi 42,1 tonna bilan Turkiya davlati hissasiga toʻgʻri kelgan. Atir importida Chexiya – 4,2 tonna, Xitoy – 2,5 tonna va Rossiya Federatsiyasi – 1,8 tonna bilan keyingi oʻrinlarni egallagan.

Maʼlumot oʻrnida, 2019-yilda Oʻzbekistonda qiymati 971,5 million soʻmga teng boʻlgan 13,6 tonna atir ishlab chiqarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?