Oʻzbekistondan Xitoyga meva-sabzavot mahsulotlari tashuvchilarga keng imkoniyatlar yaratilyapti

16:00 05 Avgust 2019 Iqtisodiyot
316 0

Oʻzbekistondan Xitoy Xalq Respublikasiga avtomobil transportida yetkazilayotgan meva- sabzavot mahsulotlarini fitosanitar nazoratdan oʻtkazish boʻyicha qulay sharoit yaratilmoqda. Oʻzbekiston milliy mahsulotlarini avtomobil transporti orqali Xitoyga eksport qilish, ikki tomon uchun foydali logistika yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻyishni tashkil etish borasida bugungi kunda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasida tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarga koʻra, “Xorgos”, “Alashankou” (XXR-Qozogʻiston), hamda “Irkeshtom” (XXR- Qirgʻiziston) chegara bojxona postlarida Xitoy hududiga olib kirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi karantin uchastkalarini qabul qilish tartibini yakunlaganini va yuqorida qayd etilgan oʻtish punktlari orqali yuklarni olib kirishga ruxsat etilganini maʼlum qilamiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?