Oʻzbekistondan ikkita loyiha xalqaro tadbirkorlik chempionatiga yoʻllanma oldi

18:29 29 Avgust 2020 Jamiyat
204 0

Joriy yilning 27-avgust kuni Entrepreneurship World Cup xalqaro tanlovining milliy saralash bosqichi onlayn shaklda boʻlib oʻtdi. Gʻolib boʻlgan loyiha tanlovning jahon finalida taqdimot oʻtkazish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Innovatsion rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Tadbirkorlik boʻyicha Entrepreneurship World Cup finali uchun innovatsion startap loyihalarini saralash bosqichi yakunlandi. Milliy saralash bosqichi esa Innovatsion rivojlanish vazirligi va IT-park Xalqaro tadbirkorlik tarmogʻi hamda “The Global Education and Leadership Foundation” jamgʻarmasi (Hindiston) koʻmagida onlayn rejimida boʻlib oʻtdi.

Milliy saralash bosqichida 10 ta jamoa ishtirok etdi. Bular GameFall (OAV va koʻngilochar loyihalar), Coozin (EdTech, oziq-ovqat texnologiyalari), RQ (moliya texnologiyalari), Telework asia (Katta maʼlumotlar / sunʼiy intellekt), IMAN (moliya texnologiyalari), Proteus (Energiya va barqarorlik), Delivera (Mobillik / Transport), Sogdia (Toza texnologiyalar, oziq-ovqat texnologiyalari), Amarant misolida oʻsimlik materiallar xomashyosini qayta ishlash boʻyicha zamonaviy texnologiyalar (Qishloq xoʻjaligi), ModMe (Katta maʼlumotlar / EdTech) jamoalaridir.

Milliy saralash bosqichi natijalariga koʻra ikkita jamoa Milliy saralash bosqichi gʻolibi deb topildi. Birinchisi “IMAN“ startapi boʻlib, u Islom moliya qonunchiligi doirasida investorlar hisobiga tovarlarni darhol yoki boʻlib toʻlash orqali onlayn yoki oflayn doʻkonlar uchun elektron tijorat platformasini taqdim etadi. Ikkinchisi esa, ”Proteus” startapidir. Suv oqimi, kanallar yoki daryolar yaqinida joylashgan xonadonlar va isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berishga qaratilgan mazkur loyiha toʻgʻridan-toʻgʻri suvga oʻrnatilgan, qoʻshimcha toʻgʻonlarni yoki boshqa tuzilmalarni talab qilmaydi, arzon va foydalanish oson boʻlgan ichki turbinalar orqali ishlaydi.

Gʻoliblar endi oʻz loyihalarini xalqaro miqyosda namoyish etish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Musobaqaning jahon miqyosidagi final bosqichida 3 ta eng yuqori oʻrinni egallagan jamoalarga mukofot jamgʻarmasi 1 mln. AQSH dollari miqdoridagi yutuq uchun kurashadilar.

Bundan tashqari, musobaqa ishtirokchilari EWC tanlovi koʻmagida yetakchi xorijiy mutaxassislarning mentorlik darslarida qatnashish, biznes aloqalarini kengaytirish, loyihalariga investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro bozorlarga chiqish kabi imkoniyatlarga ega boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?