Oʻzbekistondan yengil avtomobil eksporti qariyb 1,7 baravarga oshgan

10:39 21 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
325 0

Mamlakatimizdan 2020-yilning 10 oyida chet elga 127,2 mln. AQSH dollari qiymatidagi 13 310 dona yengil avtomobil eksport qilingan.

Yengil avtomobil eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln. AQSH dollariga yaʼni 66,8 % ga oshgan. Oʻzbekiston yengil avtomobillari asosan Qozogʻistonga (11 048 dona) eksport qilingan.

Oʻzbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:

- Qozogʻiston – 109,8 mln. AQSH dollari

- Ukraina – 6,4 mln. AQSH dollari

- Ozarbayjon – 6,2 mln. AQSH dollari

- Rossiya – 2,2 mln. AQSH dollari

- Tojikiston – 1,2 mln. AQSH dollari

- Boshqa davlatlar – 1,4 mln. AQSH dollari

Maʼlumot oʻrnida, 2020-yilning 10 oyida mamlakatimizga 392,8 mln. AQSH dollari qiymatidagi 22 228 dona yengil avtomobil import qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?