Oʻzbekistondan 3928 dona tarixiy tangalar olib chiqib ketilishining oldi olindi

12:15 16 Avgust 2019 Jamiyat
70 0

Maʼlumki, “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga asosan 50 yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.

Numizmatika ashyolari ham madaniy boyliklar toifasiga kiritilgan boʻlib, respublikamiz bojxonachilari tomonidan 2018-yil va 2019-yilning oʻtgan 7 oyi davomida 97 ta holatda shu turdagi madaniy boyliklarning noqonuniy olib oʻtilishiga doir holatlar fosh etilgan. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Natijada qiymati 154,8 mln. soʻmlik 3928 dona tarixiy tangalarning olib chiqib ketilishi oldi olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?