O’zbekistondagi sport inshootlarida oilaviy sektorlar ko’paytiriladi

17:52 12 Mart 2018 Sport
590 0

O’zbekistondagi sport inshootlarida oilaviy sektorlar tashkil etiladi. 
Bu O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi va O’FA tashabbusi bilan amalga oshiriladi. 
Mamlakatimizda bunday sektorlar, eng avvalo, futbol o’yinlari o’tkaziladigan stadionlarda joriy qilinadi. Keyinchalik esa boshqa sport majmualari, xususan, usti yopiq inshootlarda paydo bo’ladi. U erda sport tadbirlarini oilaviy tomosha qilish, madaniy hordiq chiqarish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi. 
Bu mamlakatimizda sportni ommaviylashtirish maqsadida qo’yilgan navbatdagi qadamlardan biridir. Ana shunday maxsus sektorlarda jamiyatning asosiy negizi hisoblangan oilalar sport musobaqalarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 
Hozirda Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida mana shunday o’ziga xos oilaviy hududlar mavjud. Stadionga o’z oilasi bilan tashrif buyuradigan muxlislar o’yinlarini alohida sektorlarda tomosha qilishi mumkin.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?