Oʻzbekistondagi qogʻoz ishlab chiqaruvchi korxonaning davlat aksiyalari Rossiya shirkatiga “nol” qiymatda beriladi

16:45 09 Iyul 2019 Iqtisodiyot
218 0

Foto: Angren pack

Toshkent viloyatida Angren Pask XK AJ bazasida qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Angren Pask XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalarining 25 foizi “Nikol Pak UK”ga (Rossiya) quyidagi investitsiya majburiyatlari bilan “nol” qiymatda sotiladi:

1-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiya kiritish hamda 2019-2020-yillarda Angren Pask XK AJ bazasida qogʻoz mahsulotlarini ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish;

2-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiya kiritib 2020-2021-yillarda yiliga 6,0 mln kvadrat metr bitum, tom yopish va gidroizolyatsiya materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish;

3-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiyalar kiritib 2020-2021-yillarda yiliga 300 ming kub metr ekstruzion penopolistirol ishlab chiqarishni tashkil etish.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?