O‘zbekistondagi ilk shamol elektrostansiyasi qayerda quriladi?

15:15 27 Iyul 2018 Iqtisodiyot
327 0
Illyustrativ foto

Germaniyaning dunyoga mashhur Siemens konserni O‘zbekistondagi ilk shamol elektrostansiyasini Zarafshonda barpo etadi. Bu davlatimiz rahbarining 2018-2019 yillarda investitsion va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yil “O‘zbekenergo” va Energiyani tejash milliy kompaniyasi Siemens Gamesa kompaniyasi bilan quvvati 100 MVt.lik shamol energetikasi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolagan edi.

Mazkur loyiha 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy qiymati 100 mln. dollarga teng. Shundan 5 mln. dollari 2019 yilda o‘zlashtiriladi. Barcha sarmoya nemis kompaniyasi tomonidan yo‘naltiriladi.

Ushbu pilot loyiha O‘zbekistonning shamol energetikasi bo‘yicha ulkan salohiyatini o‘zlashtirish va mamlakat energiya tizimiga qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etishda muhim qadamga aylanishi kutilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?