Oʻzbekistondagi eng katta harbiy poligonda artilleriyachilarning dala-oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi

17:22 13 Dekabr 2019 Jamiyat
482 0

Mudofaa vazirligiga qarashli “Kattaqoʻrgʻon” okrug dala-oʻquv maydonida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismlarining reaktiv artilleriya batareyasi bilan jangovar otish boʻyicha taktik oʻquvlari boʻlib oʻtdi.

Divizion komandirlari oʻquv rahbarligida mashgʻulot oʻtash uchun yoʻl olgan harbiy texnikalarning kolonna boʻlib harakatlanish chogʻida zaharlangan va minalashtirilgan hududlardan oʻtish mashqlarida harbiy xizmatchilar yana bir karra toblanishdi.

122 mmli artilleriya gaubitsasi, 152 mmli artilleriya pushkasi hamda 122 mmli reaktiv artilleriya qurollaridan jangovar oʻt ochish chogʻida qoʻqqisdan dushman hujumi sodir etilganda uning oldini olish amaliyotlari ham harbiylarning jangovar shayligini oshirishda muhim omil boʻldi.

Mashgʻulotlar jarayonida Vatan posbonlarining jangovar qurollar haqida puxta bilim va malakaga ega ekanliklari yaqqol isbotini topdi. Artilleriya qurollaridan belgilangan nishonlar aniqlik bilan yoʻq qilindi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?