Oʻzbekistondagi eng kam oylik ish haqi miqdori oshdi

17:57 19 Yanvar 2019 Jamiyat
3664 0

Illyustrativ foto

Hukumat qarori bilan Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasiga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramm ijtimoiy tarmogʻidagi https://t.me/huquqiyaxborot rasmiy kanalida xabar berildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga muvofiq, endilikda mehnatga haq toʻlashning 1, 2 hamda 3-razryadlari koeffitsiyentlari oldingidek 2,476, 2,725, 2,998 dan emas, balki 2,847, 2,997, 3,148 tarif koeffitsiyentidan hisoblanadi.

Bu shuni anglatadiki, mamlakat hududi boʻylab xodimlarga toʻlanadigan ish haqining eng kam miqdori 501 ming 959 soʻmdan 577 ming 172 soʻmga oshirildi.

Demak, bundan keyin Oʻzbekistonda 577 ming 172 soʻmdan kam oylik ish haqi toʻlanishi mumkin emas.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?