Oʻzbekistondagi “Eng ibratli oila”lar aniqlandi

23:45 13 Dekabr 2018 Jamiyat
595 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “Ibratli oila — 2018” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, eng avvalo, “Sogʻlom oila - sogʻlom jamiyat” konseptual gʻoyasini hayotga tatbiq etishdir.

Koʻrik-tanlov Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ibratli oilalar ishtirokida joriy yilning may — dekabr oylarida 4 bosqichda oʻtkazildi.

Yakunlovchi bosqichda hududlardan kelgan oilalar 14 ta nominatsiya boʻyicha gʻolib va sovrinli oʻrinlar sohiblari aniqlandi.

Gʻoliblar bilan tanishing:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – “Eng ibratli innovatsion, zamon bilan hamnafas oila” – Rustem Aybergenov, Dilbarxon Toremurotova
  • Andijon viloyati – “Eng ibratli fidoyi insonparvar oila” – Abdujabbor Mahkamov, Atira Moʻminova
  • Buxoro viloyati – “Eng ibratli kitobxon oila” – Anvar Adilov, Gulbahor Adilova
  • Jizzax viloyati – “Eng ibratli faol oila” – Rahmonqul Tursunov, inobat Tursunova
  • Qashqadaryo viloyati – “Eng ibratli ahil yosh oila” – Sherali Normatov, Musharraf Nurqobilova
  • Namangan viloyati – “Eng ibratli qadriyatlarni qadrlagan saxiy oila” – Baxodir Umrzoqov, Marhabat Toʻxtaboyeva
  • Navoiy viloyati – “Eng ibratli saxovatli faxriy oila” – Hamid Oʻrunov, Bodom Oʻrunova
  • Samarqand viloyati – “Eng ibratli sanʼatsevar madaniy oila” – Tohir Halilov, Gulnoza Ergasheva
  • Sirdaryo viloyati– “Eng ibratli tibbiy madaniyati yuksak targʻibotchi oila” – Mamatqul Erkayev, Laylo Yoʻldasheva
  • Surxondaryo viloyati – “Eng ibratli maʼnaviyati yuksak oila” – Abdusamat Joʻrayev, Oysahat Qulboyeva
  • Fargʻona viloyati–“Eng ibratli tadbirkor va muruvvatli obod oila” – Gʻiyosiddin Shergʻoziyev, Lolaxon Shergʻoziyeva
  • Toshkent viloyati– “Eng ibratli maʼrifatli ziyoli oila” – Nuriddin Gʻulomov, Dilfuza Gʻulomova
  • Xorazm viloyati – “Eng ibratli adabiyotsevar, hunarmand oila” – Alimjon Masharipov, Zinatjon Eshchanova
  • Toshkent shahri – “Eng ibratli jamoat ishlarida faol tarbiyali oila” – Mahmud Ergashev, Aqida Ergasheva

Gʻoliblarga va nominatsiyaga ega boʻlgan oilalarga oilalarga “Oila” markazi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan maxsus diplom va qimatbaho sovgʻalar taqdim etildi.

Yulduz OʻRMONOVA


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?