Oʻzbekistondagi eng baland charxpalak foydalanishga topshirilish arafasida

09:37 21 Dekabr 2018 Madaniyat
980 0

Arxiv foto

“Anhor-Lokomotiv” bogʻi tomonidan Yangi yil arafasida Oʻzbekistondagi eng baland boʻlgan attraksion foydalanishga topshiriladi. “Anhor yulduzi” nomli ushbu qurilmaning balandligi 72 metr boʻlib, unda 48ta yopiq turdagi kabina mavjud. Ularning har biri ajoyib chiroq va oʻziga xos illyuminatsiya bilan bezatilgan. Bu esa poytaxtimiz manzarasini yuqoridan tomosha qilish imkonini beradi.

Bir vaqtning oʻzida 272 kishiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan charxpalakning toʻla aylanishi 12 daqiqani tashkil etadi.

Shu bilan birga, bogʻ hududida 500 ta avtomobilga moʻljallangan koʻp qavatli avtoturargoh ham qurildi. Har ikkala majmuaning taqdimoti shu yilning 22 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?