Oʻzbekistondagi barcha bogʻchalar noyabr oyining oxiriga qadar ishga tushadi

16:29 21 Noyabr 2020 Jamiyat
194 0

Mamlakat boʻylab maktabgacha taʼlim tashkilotlari 2020-yil noyabr oyining oxiriga qadar ishga tushadi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi mutaxassislari SES bilan birgalikda Xalq deputatlari Kengashidan ruxsat olishni kutayotgan MTT lari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishini tezlashtirish boʻyicha ish olib bormoqdalar.

Faqat SESdan ruxsat olgan MTT largina ish boshlashi va bolalarni qabul qilishi mumkin boʻladi. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda qurilish ishlari olib borilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, shuningdek, xodimlar orasida COVID-19 yuqtirish holatlari aniqlangan MTT lar vaqtincha ochilmaydi.

Shu munosabat bilan, Sirdaryo viloyatida yil oxiriga qadar 20 ta MTT ish faoliyati boshlanmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?