Oʻzbekistonda zilzila sodir boʻldi

10:07 17 May 2019 Jamiyat
491 0

Illyustrativ foto

17 may kuni tongda Oʻzbekistonda yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 2019 yil 17 may kuni Toshkent vaqti bilan 05:39da (17.05.2019 00:39 Grinvich boʻyicha) Oʻzbekistonda yer silkinishi sodir boʻlgan.

Koordinatalar 38,13 gradus shimoliy kenglik, 67,50 gradus sharqiy uzunlikda qayd qilingan. Zilzila magnitudasi M=3,8ni tashkil qilgan. Chuqurlik h=5 km. Toshkentgacha masofa janubiy yoʻnalish boʻyicha 378 km.ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston hududida yer silkinishi Termizda (103 km) 2 ballni tashkil etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?