Oʻzbekistonda zilzila qayd etildi

13:51 29 Yanvar 2019 Jamiyat
1140 0

Illyustrativ foto

2019 yil 29 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:16da Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasida zilzila sodir boʻlgan. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Koordinatalar - 40,31 daraja shimoliy kenglik, 71,20 daraja sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik h=12 km. Toshkentgacha masofa janubiy-sharqiy yoʻnalish boʻyicha 224 km.ni tashkil etgan.

Zilzila Oʻzbekiston hududida eng yuqori koʻrsatkichi Fargʻona viloyatida sezilgan — 3 ball. Bundan tashqari Namangan viloyati hududining 87 km masofasida 2 ball, Andijon: 94 km; 2 ball magnitudada qayd qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?