Oʻzbekistonda zilzila kuzatildi

11:32 04 Iyun 2019 Jamiyat
525 0

Oʻzbekistonda zilzila qayd etildi. bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, bugun, 4-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 9:47 da yuz bergan yerosti silkinishlari kuchi Namanganda 3 (49 km) ballni, Andijon (103 km) va Fargʻona (78 km) shaharlarida 2 ballni tashkil etgan. Zilzila Toshkentdan janubiy-sharqiy yoʻnalish boʻyicha 166 km uzoqlikda qayd qilingan.

Oʻzbekistonning boshqa yirik shaharlarida seysmik faollik sezilmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?