Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga valyuta kreditlari va zaymlari berish taqiqlandi

11:15 05 Sentyabr 2019 Iqtisodiyot
133 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga valyuta kreditlari va zaymlari berish taqiqlandi.

Tijorat banklarining kredit siyosati boʻyicha talablar haqidagi nizom va mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalar oʻtkazish qoidalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Banklarga jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kredit va zaymlar berish, shuningdek, ularning xorijiy valyutadagi kreditlari boʻyicha majburiyatlarini hisobga olish man etildi. Mikrokredit tashkilotlariga ham valyutada mikrokredit va mikrozaym taqdim etish man etildi.

Bu choralar Prezident iyul oyi oxirida imzolagan “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga asosan amalga oshirildi. Mazkur qaror bilan valyuta kreditlari taqiqlangandi, hozirda esa hujjatlar yangi qoidalarga muvofiqlashtirildi, xolos.

Ekspertlarga koʻra, valyuta kreditlarining man etilishi xatarlardan xoli boʻlishga urinish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Chunki shundoq ham yuqori boʻlgan kredit tavakkalchiligiga yana valyuta omili ham qoʻshiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?