Oʻzbekistonda jigarni koʻchirib oʻtkazish murakkab operatsiyasi oʻtkazildi

16:46 08 Oktyabr 2018 Jamiyat
1241 0
Foto: Facebook / Группа «РСНПМЦХ имени академика В.Вахидова»

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida murakkab jarrohlik amaliyotlaridan biri muvaffaqiyatli tarzda oʻtkazildi. Bu haqda markazning Facebookʼdagi sahifasida maʼlum qilindi.

Markazda hindistonlik shifokorlar 34 yoshli bemorga tirik qarindosh-donorining jigar transplantatsiyasini amalga oshirdi.

Jigar sirroziga chalingan fargʻonalik bemorga uning 29 yoshli ukasi donor boʻldi. Ushbu murakkab jarrohlik operatsiyasi Oʻzbekistonda uchinchi marta oʻtkazildi.

Qayd etilishicha, hozirda bemor va donorning ahvoli qoniqarli darajada.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?