Oʻzbekistonda zaʼfaron plantatsiyalari maydoni qancha?

12:26 13 Avgust 2019 Jamiyat
166 0

Saksonota oʻrmon xoʻjaligida shafran (zaʼfaron) oʻsimligi tuganak piyozlarini ekish va parvarishlashda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar toʻgʻrisida koʻrgazmali-amaliy seminar boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Tadbirda oʻrmon xoʻjaliklarida shafran ekish uchun yer maydonlarini tayyorlash, ekish ishlarini amalga oshirish,shuningdek, 2018-yilda shu kabi oʻsimliklar ekilgan maydonlarda ularni parvarishlash boʻyicha amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar natijalari muhokama qilinyapti.

Unda shafran (zaʼfaron) ekuvchi oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari va masʼul mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Maʼlumot uchun, davlat rahbarining 2017-yil 30-noyabrdagi Oʻzbekistonda ekma zaʼfaron (shafran) plantatsiyalarini tashkil etish hamda mahalliy sharoitda sifatli dorivor, oziq ovqat esportbop xom-ashyoni tayyorlashga oid farmoyishi qabul qilindi. Unga muvofiq, “Brand Investment Group” MCHJ va Gollandiyaning “Mts Shipper” kompaniyasi oʻrtasida zaʼfaron (shafran) tuganak piyozlarini harid qilish hamda Oʻzbekistonga olib kelish boʻyicha shartnoma imzolandi. 2017-yilning avgust oyida Gollandiyadan Oʻzbekistonga 36,4 tonna oʻsimlik tuganagi keltirildi. 

Shunga asosan, 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasining turli iqlim va tuproq sharoitidagi hududlari: Andijon (Izboskan tumanidagi Oʻrmon hoʻjaligi davlat qoʻmitasi tasarrufidagi 5 ga. maydonda), Toshkent (Yuqori Chirchiq tumanidagi “Brand Investment Group” MCHJ tasarrufidagi 21 ga. maydonda) va Qashqadaryo (Shahrisabz tumanidagi “Brand Investment Group” MCHJ tasarrufidagi 10 ga. maydonda) viloyatlarida ekma zaʼfaron (shafran) tugunak piyozlari ekilib, 36,4 ga. maydonda plantatsiyalar tashkil etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?