Oʻzbekistonda “Yoshlar va kino” shiori ostida Oʻzbek milliy filmlari festivali oʻtkaziladi

12:06 06 Fevral 2020 Madaniyat
311 0

Joriy yilning 10-fevralidan boshlab “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan Respublika boʻylab “Yoshlar va kino” shiori ostida Oʻzbek milliy filmlari festivali oʻtkaziladi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Festival doirasida Agentlik buyurtmasiga binoan soʻnggi yillarda yaratilgan eng sara milliy filmlar Respublika miqyosida bepul namoyish etiladi.

Shuningdek, namoyishlar davomida film ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuvlar ham oʻtkaziladi.

Tez orada festival doirasida taqdim etiladigan film nomlari va kinoteatrlar haqida xabar berilishi maʼlum qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?