Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumani hokimligi tashkil etildi

14:00 13 Aprel 2020 Siyosat
381 0

“Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumani hokimligi tashkil etildi.

Qaror bilan davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining Tuproqqalʼa tumanidagi boʻlinmalari roʻyxati hamda ushbu tumanni tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Respublika komissiyasi tumanni tashkil etish bilan bogʻliq zarur kompleks tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlaydi.

Tumanda qoʻshimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya boʻlimi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari, shuningdek davlat xizmatlari markazi tashkil etiladi.

2020-yil 1-sentyabrga qadar tuman markazining 2035-yilgacha boʻlgan bosh rejasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, tumanning butun hududi uchun “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida belgilangan imtiyoz va preferensiyalar amal qilishi belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?