Oʻzbekistonda yangi sport — kurashning yangicha yoʻnalishi joriy qilinishi mumkin

14:05 10 Yanvar 2020 Sport
440 0

Poytaxtimizda Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan “Oʻzbek kurashining tarixi, buguni va istiqboli” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda milliy uch yarim ming yillik tarixga ega sport turimizning xalqaro maydondagi rivoji, uni ommalashtirish, mamlakatimizda kurashni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar oʻrtaga tashlandi.

Konferensiya delegatlari 2019-yil dekabr oyida jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turining xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi yuzasidan yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar.

Tadbirda shuningdek, Oʻzbekiston Kurash federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti oʻrtasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga koʻra, hamkorlikda oʻquv-metodik adabiyotlar va ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirish, birgalikda darsliklar yaratishni koʻzda tutilgan.

Konferensiyada oʻzbek kurashini rivojlantirish va istiqboliga doir dolzarb masalalar yuzasidan sohaning yetuk mutaxassislari, federatsiya vakillari va faxriy kurashchilarning ilmiy maʼruzalari tinglandi. Unda xususan, kurashning jangovar yoʻnalishini ishlab chiqish va jamoatchilik eʼtiboriga havola qilish haqida takliflar ilgari surildi. Bu borada mutaxassislar 11-yanvar kuni “Sagʻbon” sport majmuasida oʻtadigan amaliy mashgʻulotlarda mahorat saboqlarini oʻtkazishlari aytib oʻtildi.

Mazkur anjumanda bir qator vazirlik va tashkilotlar ishtirok etishib mamlakatimizda Oʻzbek kurashini yanada ommalashtirish yuzasidan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikrlar almashdilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?