Oʻzbekistonda yangi agentlik tashkil etildi

10:07 10 Sentyabr 2019 Jamiyat
244 0

Oʻzbekiston Respublikasida sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident Farmoni 2019-yilning 9-sentyabr sanasida qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berildi.

Farmonga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tashkilotlari va ularning hududiy boʻlinmalarinegizida quyidagilar tashkil etildi:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi.

Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalaridan biri sanitariya-epidemiologiya nazorati sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni taʼminlashdan iborat.

Yangi tashkil etilayotgan Agentlik esa, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatini olib boradi.

Farmonga koʻra, Davlat inspeksiyasi boshligʻi bir vaqtning oʻzida Bosh davlat sanitariya inspektori, Agentlik direktori esa bir vaqtning oʻzida Bosh davlat sanitariya vrachi hisoblanadi.

Shuningdek, Davlat inspeksiyasi va Agentlik huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan byudjetdan tashqari moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalari tashkil etildi.

https://t.me/huquqiyaxborot


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?