Oʻzbekistonda yana qariyb 150 kishida koronavirus aniqlandi

23:34 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
211 0

2020-yil 16-sentyabr soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 162 (+147) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 100 nafari Toshkent viloyatida, 47 nafari Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirzo Ulugʻbek tumanida yashagan 80 yoshli A.K. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 62 yoshli M.G. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahrida 283 nafar, Toshkent viloyatida 62 nafar, Namangan viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 16 nafar, Andijon viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 45 474 (+416) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 279 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?