Oʻzbekistonda yana qariyb 100 kishida koronavirus aniqlandi

10:04 27 Oktyabr 2020 Jamiyat
120 0

2020-yil 27-oktyabr soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 765 (+98) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

5 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

12 nafari Andijon viloyatida,

7 nafari Buxoro viloyatida,

5 nafari Qashqadaryo viloyatida,

8 nafari Samarqand viloyatida, 

14 nafari Sirdaryo viloyatida,

16 nafari Surxondaryo viloyatida,

10 nafari Fargʻona viloyatida,

5 nafari Xorazm viloyatida,

8 nafari Toshkent viloyatida,

8 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 62 876 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 335 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?