O‘zbekistonda yana bitta uyushma davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

18:20 20 Aprel 2018 Madaniyat
481 0
Фото: asr.uz

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi teatr arboblari uyushmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.

Shu munosabat bilan 2018 yil 19 aprel kuni vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi teatr arboblari uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Axmedovga tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi. 

Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida teatr san’atini yanada rivojlantirish, teatrlarning davr talablariga mos repertuarlarini shakllantirish, sahna ijodkorlariga qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratishga ko‘maklashish hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?