O‘zbekistonda yana bitta oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi

10:33 10 May 2018 Jamiyat
2782 2
Фото: Turkiston - press

Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilib, institut va uning qoshidagi akademik litsey Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Institutda veterinariya va chorvachilik sohasi uchun yangi zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

2018/2019 o‘quv yilida Institut magistratura bosqichiga (50 kishi) O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi, deyiladi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabarida.

Institutning bakalavriat bosqichiga qabul kvotasi 800 kishi, shu jumladan to‘lov-kontrakt asosida 525 kishi, davlat granti asosida 275 kishi etib belgilandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?