Oʻzbekistonda yana bitta erkin iqtisodiy zona tashkil etildi

18:47 26 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
1159 0
Foto: “XALQ SOʻZI ONLINE”

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Ilhom Rahmatov/Surxondaryo. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 sentyabrdagi Farmoniga binoan chegaradosh mamlakatlar, xususan, Afgʻoniston Islom Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy va transport-logistika aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Poʻlatov mazkur loyiha istiqbolini taʼminlash yuzasidan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbariyati — “Surxon-Global Trede” MCHJ vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda uch ming gektar yer maydoniga ega “Termiz” iqtisodiy zonasida mahalliy xom ashyo va materiallar asosida raqobatdosh tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish, shu maqsadda eng zamonaviy texnologiyalarni olib kelib oʻrnatish pirovardida yangi ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek, investitsiyalarni keng jalb etish, hududda muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani yaratish bilan bogʻliq masalalar atroflicha muhokama etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?