Oʻzbekistonda yana bir jamgʻarma tashkil etiladi

20:46 09 Sentyabr 2020 Hujjatlar
268 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.

Unda qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va Toshkent shahar hokimligining:

Mudofaa vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi shaklidagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi faoliyatini Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sagʻbon koʻchasi manzilida tashkil etish;

Majmua hududida Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti, Harbiy orkestrlar xizmati, Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansamblini bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish;

Majmua huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?