Oʻzbekistonda yana bir yangi vazirlik tashkil etiladi

09:48 24 Oktyabr 2018 Siyosat
1187 0
Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tashkil etiladi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yilning 23 oktyabr kuni imzolangan “Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorda aytib oʻtildi.

Mazkur hujjatda Elektr energetikasi tarmogʻini isloh qilish boʻyicha Komissiyaga 2018 yil 15 dekabrga qadar, respublikaning yoqilgʻi-energetika kompleksi faoliyatini tashkil etish va tartibga solish bilan bogʻliq barcha kompleks masalalarni yuklagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini kiritish vazifasi yuklangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?