O’zbekistonda yana bir yangi telekanal ochiladi

11:54 23 Mart 2018 Jamiyat
8619 3

O’zbekistonda yana bir yangi telekanal paydo bo’ladi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Facebook” ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida xabar berildi.

Mazkur telekanal axborot texnologiyalari, kommunikatsiyalari va innovatsiyalarni yoritishga ixtisoslashtiriladi. 

Shu munosabat bilan vazirlik “Xabar.uz” axborot-tahliliy portali bilan birgalikda  yangi tashkil etilayotgan telekanalda ishlash uchun boshlovchi va jurnalistlar o’rtasida tanlov e’lon qildi.

Ayni chog’da teletasvirchilar, montaj ustalari, grafika ustalari, chiroqchi-texniklar, ovoz operatori ham ishga taklif etilgan. 

Mazkur yangi telekanalning nomi va u qachon ishga tushirilishi haqida hozircha ma’lum qilinmayapti.


 


Izohlar


Admin

Juda yaxshi. Telekanallarni sifatini ham ko'tarish kerak

09:4228.03.2018

Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019