Oʻzbekistonda yana bir milliy tabiat bogʻi tashkil etiladi

15:25 01 Iyul 2020 Jamiyat
376 0

“Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Kitob davlat geologik qoʻriqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi tashkil etiladi, bu boʻyicha tegishli Hukumat qarori qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun: davlat qoʻriqxonalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega boʻladi, uning hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi (ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritishdan tashqari).

Tabiat bogʻlarining hududlari zonalarga ajratilgan boʻlib, ayrim zonalarida aholining istiqomat qilishiga, yuridik va jismoniy shaxslarning tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazmaydigan faoliyatiga yoʻl qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?