Oʻzbekistonda yana bir mashhur kompaniya - Fiat Chrysler avtomobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi

14:06 12 Avgust 2019 Jamiyat
63 0

Fiat Chrysler Automobiles Italiya-AQSH avtokonserni Oʻzbekiston avtosanoatiga investitsiya kiritmoqchi. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Yusuv Hajas maʼlum qildi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” koʻrsatuvida xabar berildi.

“Fiat Chrysler Automobiles xorij sarmoyasini jalb etgan holda respublikada avtomobil ishlab chiqarishni tashkil etish orqali sanoat hamkorligini yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor”, - deya taʼkidlab oʻtgan Hajas.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda korxona ochish uchun qoʻllanma sifatida kompaniya tomonidan Turkiyada amalga oshirilgan Tofaş loyihasidan foydalanish taklif etilyapti.

Tofaş – yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi turk kompaniyasidir. U Fiat Chrysler Automobiles va Koç Holdingʻga tegishli. U Turkiyada ham yengil, ham yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya hisoblanadi. Tofaş Fiat, Citroen, Peugeot, Opel va Vauxhall brendlari ostida avtomobillar yetkazib bermoqda.

Oʻzbekiston Fiat brendida Tipo, Fiorino va Doblo modellarini ishlab chiqarish boʻyicha ikkinchi korxona manzili uchun eng maqbul joy deb topilgan.

“Bundan tashqari, 2021-yilda Tofaş krossoverlar ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtiryapti va kelajakda Oʻzbekistonda ham ishlab chiqarilishi mumkin boʻlgan pikap modelini yaratish ustida ishlamoqda, - dedi Hajas.

Fiat Chrysler Automobiles N.V- mashinalar ishlab chiqarish boʻyicha yettinchi oʻrinda turadigan Italiya-AQSH avtomobil kompaniyasi hisoblanadi. U 2014-yilda Italiyaning Fiat va Amerikaning Chrysler kompaniyalari qoʻshilishidan paydo boʻlgan. Ushbu avtokonsern aksiyalari ham Nyuy-York fond birjasi va Milandagi Italiya fond birjasida muomalada.

Xolding kak Alfa Romeo, Chrysler, Dodge, Fiat Automobiles, Fiat Professional, Jeep, Lancia, Ram Trucks, Abarth, Mopar va SRT kabi brendlar hamda Maserati, Comau[en], Magneti Marelli va Teksid kompaniyalari egasidir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?