Oʻzbekistonda yana bir koʻkrak nishoni taʼsis etildi

18:20 17 Dekabr 2018 Jamiyat
527 0

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Mazkur qaror bilan bu boʻyicha nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, mazkur koʻkrak nishoni bilan Qurolli kuchlar tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar, shuningdek Oʻzbekiston fuqarolari boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanadi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi.

Xizmat burchini oʻtash vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar ham koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishlari mumkin. Bu holatda koʻkrak nishoni va pul mukofoti ularning oila aʼzolariga topshiriladi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?