Oʻzbekistonda yana bir koʻkrak nishoni taʼsis etildi

09:57 11 Dekabr 2018 Jamiyat
955 0

Koʻkrak nishoni bilan xalq taʼlimi sohasida fidokorona mehnat qilgan hamda xalq taʼlimi sohasiga rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.

Hukumat qarori bilan “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangani haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Koʻkrak nishoni bilan xalq taʼlimi sohasida fidokorona mehnat qilgan hamda xalq taʼlimi sohasiga rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.

Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Nishon har yili Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida Xalq taʼlimi vaziri tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

Nishon bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish sxemasi quyida keltirilgan:

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?