Oʻzbekistonda yana bir koʻkrak nishoni taʼsis etildi

18:11 03 Oktyabr 2018 Jamiyat
786 0

“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Qaror bilan “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, ushbu koʻkrak nishoni bilan innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan yosh olimlar, talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar, shuningdek, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanadi.

Mazkur koʻkrak nishoni bilan mukofotlash Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshiriladi.

“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish va taqdirlash tartibi quyidacha:

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?