O‘zbekistonda yana bir xorij universiteti filiali ochiladi

15:44 03 Avgust 2018 Iqtisodiyot
444 0
Foto: 1000vuzov.ru

O‘zbekistonda Astraxan davlat texnika universitetining filialini ochiladi. Bu “Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Hukumat qarorida ko‘zda tutilgan.

Qaror bilan 2018–2021 yillarda baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturda intensiv usullarda baliq yetishtirishni joriy etish, ilmiy-texnik grantlar ajratish, venger karpi, tilyapiya, laqqasimon, kamalak foreli, qora sazan kabi yangi baliq turlarini yetishtirish belgilandi.

Shuningdek, dasturda Xitoyning Baliqchilik Fanlar akademiyasi bilan birgalikda O‘zbekiston hududida Qizil kitobga kiritilgan “Turkiston mo‘ylovdori” populyatsiyasini ko‘paytirish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari Turkiyaning “Chuchuk suvlar baliqchiligi” instituti bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish belgilandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?