O‘zbekistonda yana bir avtomobil zavodi ish boshlashi mumkin

13:53 17 Iyul 2018 Iqtisodiyot
794 0

Rossiyaning “UAZ” avtokorxonasi joriy yilda O‘zbekistonga 1000 ta avtomobil yetkazib bermoqchi.

Bu 2017 yilga ko‘rsatkichlardan qariyb 2,5 barobar ko‘p. Mazkur kompaniya vakili Aleksey Zabolotniyning aytishicha, kelgusida “UAZ” nafaqat mamlakatimizga o‘z mahsulotlarini yetkazib bermoqchi, balki respublikamiz hududida o‘z avtoulovlarini yig‘ish faoliyatini ham yo‘lga qo‘ymoqchi.

“O‘zbekistonda avtomobil biznesida juda yaxshi imkoniyatlar bor”, - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda “O‘zavtosanoat” bilan muzokaralar olib borilmoqda. Lekin ushbu muloqotlar haqida batafsil ma’lumotlar hozircha oshkor qilinmayapti. Biroq shunisi aniqki, yurtimizda Patriot, Pickup va Profi modellarini yig‘ish bo‘yicha muzokaralar ketayotir.

Ma’lumot uchun, Ulyanovsk korxonasi ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolish va ularni tashqi bozorlarda sotish miqdorini oshirish bo‘yicha faol ishlar olib boryapti. Xususan, 2017 yilda “UAZ” 5101 ta avtomobilini chet elga eksport qildi. Bu 2016 yilga nisbatan 47 foiz ko‘pdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?